Sharof Muqimov - Man shaydo qo`shiq matni

Qora ko`zingizga man shaydo,
Shirin so`zingizga man shaydo.
Yuragimda o`zingiz, siz tanho,
Buncha mani qiynamang siz. (x2)

O`zingizga qarasam,
Ko`zingizga qarasam,
Qizarasiz uyalib,
Ismingizni so`rasam.

Yoqut yanoq, g`uncha lab,
Sizdan quyosh nur talab.
Sizni yaratgan asli
Xudoyim ham erkalab.

Qora ko`zingizga man shaydo,
Shirin so`zingizga man shaydo.
Yuragimda o`zingiz, siz tanho,
Buncha mani qiynamang siz. (x2)

Sizdan uzib mast ko`zim,
Adashar aytar so`zim.
Sizni bir kun baribir
Olib qochaman o`zim.

Kulib-kulib boqasiz,
Menga shundoq yoqasiz.
Chiroyli noz ila
Yuragimni yoqasiz.

Qora ko`zingizga man shaydo,
Shirin so`zingizga man shaydo.
Yuragimda o`zingiz, siz tanho,
Buncha mani qiynamang siz. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]