Sherali Jo`rayev - Bir gumon qo`shiq matni

Bir gumon bordir manim qalbimda doim begumon,
Bu gumondin lahza ham qalbim topolmas hech omon.
Voh, ne tong, boqqach u mohro` ruxsorim etmishdur somon,
Bu nigohdin qochmak istab, o`zni tashlab har tomon,
Chun xazondek poyin o`pdim, zora topsam deb omon-ey.

Voh, qutulmoqlik gumondir bargi xazondek ham yotib, {x2}
Nozaninlar sayr etarda nozik oyog`iga botib.
Iltifot qilg`ay yana shirin-shakar so`zlar topib,
Bu ne sorig` barg ekan, deb olg`ay ro`molig`a taqib,
Yuzu ko`zidin yiroqroq ko`rmadim o`zni hamon-ey.

Men sanamlardan necha qochsam-da, oxir topdilar, {x2}
Ro`yi afgorim ko`rib, qayg`u-alamg`a botdilar.
Men sanamlardan necha qochsam-da, oxir topdilar,
Ro`yi afgorim ko`rib, qayg`u-alamg`a botdilar.
Qop-qaro tun sochlarin jonsiz tanamg`a yopdilar, {x2}
Lab qo`yib {x2} suvsiz labimg`a Iso sifat uyg`otdilar,
Qancha qochmay, bo`lmadim ondin yiroqroq bir zamon-ey.

Ushbu holim anglag`ach, kelgil dedi piri mug`on,
Xonaqoh mehrobida topgil o`zing, bo`lg`il omon.
Sajda ayla Haq yo`linda, qalbingda qolmas der gumon, (x2)
Xonaqoh {x2} mehrodida, e, voh, ko`zim surtgan zamon,
Zarralardan termulib turgay sanamlar men tomon.
Men sanamlardan necha qochsam-da, oxir topdilar…
Shul gumon bordim maning qalbimda doim begumon,
Bu gunomdan lahza ham qalbim topolmas hech omon.

Men sanamlardan necha qochsam-da, oxir topdilar,
Ro`yi afgorim ko`rib, qayg`u-alamg`a botdilar.
Qop-qaro {x2} tun sochlarin jonsiz tanamg`a yopdilar,
Lab qo`yib {x2} suvsiz labimg`a Iso sifat uyg`otdilar,
Qancha qochmay, bo`lmadim ondin yiroqroq bir zamon-ey, dod.

Bir gumon bordir manim qalbimda doim begumon,
Bu gumondin lahza ham qalbim topolmas hech omon.
Voh, ne tong, boqqach ul mohro` ruxsorim etmishdur somon,
Bu nigohdin qochmak istab, o`zni tashlab har tomon,
Chun xazondek poyin o`pdim, zora topsam deb omon-ey.

Voh, qutulmoqlik gumondir bargi xazondek ham yotib, {x2}
Nozaninlar sayr etarda nozik oyog`iga botib.
Iltifot qilg`ay yana shirin-shakar so`zlar topib,
Bu ne sorig` barg ekan, deb olg`ay qulog`iga taqib,
Yuzu ko`zidin yiroqroq ko`rmadim o`zni hamon, ey, dod. {x2}
Jonim o`rtandi yana labga lab yetgan zamon.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sherali Jo`rayev - Bir gumon qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ozodbek Nazarbekov - Takalluf qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:21Скачать
Shohjahon Jo`raev - Birinchi bo’sa qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:02Скачать
Sherali Jo`rayev - Diydalar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:00Скачать
Sardor Rahimxon - Omon-omon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:55Скачать
Farhod va Shirin - Bo’l omon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:30Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.