Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sherali Jo`rayev - Do’st bo’lsang yonimda tur qo`shiq matni

Sherali Jo`rayev - Do’st bo’lsang yonimda tur qo`shiq matni

Kelgin-ey, jonu dilim, sen mening yonimda tur,
Yonda ne, balki manim aylanar qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur!

Har yomonu yaxshi kunda barcha imkonimda tur,
O’ngda tur yo so’lda tur, do’st bo’lsang yonimda tur,
Do’st bo’lsang yonimda tur, do’st bo’lsang yonimda tur!

Do’sti ko’p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham, (x2)
Kechmagay mard do’stidan, molu jondin kechsa ham.
Borma deb garchi raqiblar zar choponing yechsa ham,
Garchi taqdir xush kelib yo’lingga gullar sochsa ham,
Mayli har ne kechsa ham, do’st bo’sang yonimda tur,
Do’st bo’sang yonimda tur, do’st bo’sang yonimda tur!

Molu davlat qo’lda bo’lsa, do’stu yor ham ko’p bo’lar,
Qayga borsang olqishu maqtovchilar ham xo’p bo’lar,
Hech qoqilma, gar qoqilsang, g’iybatchilar to’p-to’p bo’lar,
Munofiq ham soxta do’sting dushmaningdek bo’lib qolar.
Mayli har ne gap bo’lar, do’st bo’sang yonimda tur,
Do’st bo’sang yonimda tur, do’st bo’sang yonimda tur!

Har yomonu yaxshi kunda ko’zlarim do’st axtarar, (x2)
Bu ko’ngul har soniya ming shirin so’z axtarar,
Kimki oni topmadi bitta gul yuz axtarar,
Charx urib oyu quyosh ham kecha kunduz axtarar.
Top, seni kim axtarar, do’st bo’sang yonimda tur,
Top, seni kim axtarar, do’st bo’sang yonimda tur!

Nozaninlar bazmida aytilar mastona so’z, (x2)
Termulib joningni olg’ay surmali mastona ko’z,
Kelgil, ey, jonimki sendan tinglayin do’stona so’z,
Qo’llarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz.
Bazm-xilvatxona tuz, do’st bo’sang yonimda tur,
Bazm-xilvatxona tuz, do’st bo’sang yonimda tur!

Bu jahonda do’st yo’q deb qilma oh, qilma xitob,
O’zni top ham Haqni top der Tangri bergan bir Kitob,
Haqni topsang do’stni topding, do’st qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bol’sa, bir g’arib ko’nglini top!
Haqni topsang do’stni topding, do’st qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bol’sa, bir g’arib ko’nglini top!
Haq yo’linda qil savob, do’st bo’sang yonimda tur!

Ota-onag’a o’g’il-qiz mehribondir do’st bo’lsa,
Hatto sevgan sevgiling ham vafodordir do’st bo’lsa,
Yuzni burma, og’a-ini garchi ming xil so’z bo’lsa,
Yetti yot begonalar ham birodardir do’st bo’lsa.
Mayli har ne so’z bo’lsa, do’st bo’lsang yonimda tur,
Ey jonu dilim, sen mening yonimda tur!

Kelgin-ey, jonu dilim, sen mening yonimda tur,
Yonda ne, balki manim aylanar qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur!

Qayda tursang tur vale, do’st bo’sang yonimda tur,
O’ngda tur yo so’lda tur, do’st bo’sang yonimda tur!
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]