Sherali Jo`rayev - Ey gul qo`shiq matni

Ey gul, dudog`ingni yashirma mendan,
Lola yanog`ingni yashirma mendan.
Noz-la tebranursan yoningga kelsam,
Ishqiy titrog`ingni yashirma mendan.

Tonggi nasim kabi yoningga kelsam,
Mushkin sochlaringni siypalab o`psam.
Ishqim yaprog`ingga shivirlab aytsam,
Ey gul, qulog`ingni yashirma mendan.

Mendan, mendan, mendan, yashirma mendan,
Ko`zim ololmasman-ey, janona, sendan.

Uyqusiz yurgan ul oshiq kishidir,
Bargingdagi shabnam diydam yoshidur.
Ishq rozin aytmaklik ko`zlar ishidur,
Ey gul, qarog`ingni yashirma mendan.

Mendan, mendan, mendan, yashirma mendan,
Ko`zim ololmasman-ey, janona, sendan.

Kamaring ustidan tikonlar joylab,
Beling tutqazmassan asrab, avaylab.
Yashil ro`molingni bo`yningga boylab,
Oppoq tomog`ingni yashirma mendan.

Mendan, mendan, mendan, yashirma mendan,
Ko`zim ololmasman-ey, janona, sendan.

Ey, gul, tikonlaring bag`rimni yirtsin,
Mushku iforlaring olamni tutsin.
G`amzang paykonlari jonimdan o`tsin,
Tiyg`u yarog`ingni yashirma mendan.

Nogoh qo`yibdurman senga muhabbat,
Chamanzor ichinda pokiza xilqat.
G`uncha ochilgach so`ng lab yetur albat,
Shirin dudog`ingni yashirma mendan.

Ey voh, oyog`ingga kelib yiqildim,
Pinhon oshiq edim, elga bilindim.
Tuzog`ingga qayta-qayta ilindim,
Ey gul, tuzog`ingni yashirma mendan.

Har tong quchog`ingga kelarman mudom,
Gulzori jahon ichra, ey gul, gulandom.
Mehmoning bo`lsam gar har kun subhi shom,
Qaynoq quchog`ingni yashirma mendan.

Mendan, mendan, mendan, yashirma mendan,
Ko`zim ololmasman, janona, sendan. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]