Sherali Jo`rayev - Gulbadan qo`shiq matni

Kuylarim yetgaymikan senga borib,
Tinglasa ketgaymikan toshlar erib,
Suhbatingdan bahra olsam o’ltirib,
Na bo’lar, na bo’lar
Kelsang quchog’img’a kirib, Gulbadan?

Oy tiniq oydinda oydin oq yuzing,
Sharqiroq soydan-da sho’xroqdir so’zing,
Ko’zlarimga to’tiyo bosgan izing,
Na bo’lar, na bo’lar
Kelsang quchog’img’a o’zing, Gulbadan?

Gulbadan, ey, Gulbadan,
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Na bo’lar, na bo’lar
Kelsang quchog’img’a o’zing, Gulbadan?

Gulbadan, gul ham o’zing, noz ham o’zing,
Kuy-qo’shiq, ohang o’zing, so’z ham o’zing,
Tanda darmonim saningsiz yo’qday,
Na bo’lar, na bo’lar
Jondek kirib kelsang o’zing, Gulbadan?

Gulbadan, ey, Gulbadan,
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Na bo’lar, na bo’lar
Kelsang quchog’img’a o’zing, Gulbadan?

Na bo’lar, na bo’lar
Kelsang quchog’img’a o’zing, Gulbadan?
Комментарии (1)
BerdiyevaDurdona Saydullayevna.Navo 15.01.22
Shu qòshiqni judayam yaxshi kòraman.hatto dunyo tashvishlariniyam unutaman.eng a'lo baho beraman shu qòshiqqa
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]