Sherali Jo`rayev - Keldi bahor qo`shiq matni
Keldi bahor – ishq fasli bu…
Keldi bahor – ishq fasli bu, {x2}
 Ma’shuqi gulruxsor qani?
 Ishq ahliga to’ldi bu bog’, {x2}
 Oxir degil: “Dildor qani?” {x2}
Kirmam ul uy bebog’ ichin,
 Zebo bo’lib, saro chunun,
 Da’vogar, ayt-chi rostin,
 Zulfimu anbar yor qani?
Har damda shaydo bulbuli,
 Yetdi quloqqa kulguli,
 Kimga nasib olam guli, {x2}
 Bezahmatu bexor qani? {x2}
Bulbul hamon aylar fig’on,
 Har nolasi so’ylar ravon,
 Rost aytayin, kezdim jahon, {x2}
 Bir do’sti ma’nodor qani? {x2}
Erta, Nizomiy, ochma lab,
 Kirsang agar bog’i talab,
 Kim ko’rsa gar, desun ajab, {x2}
 Bulbuli xushguftor qani? {x2}
Hech topmadim do’stdan asar,
 O’tgan yilu yillar digar,
 Bu yil yana tashla nazar, {x2}
 Chin do’st qani, chin yor qani? {x2}
Keldi bahor – ishq fasli bu, {x2}
 Ma’shuqi gulruxsor qani?
 Oxir degil: “Dildor qani?”
Chin do’st qani, chin yor qani?
 Ma’shuqi gulruxsor qani?
 Chin do’st qani, chin yor qani?
 Oxir degil: “Dildor qani?”

