Sherali Jo`rayev - Kerma manmanlik bilan qo`shiq matni
Kerma manmanlik bilan o`rnida turgan qoshni,
El sevar odamda bo`lgan sabr ila bardoshni.
Yo`lda joningdin aziz tut senga chin yo`ldoshni,
Yo`lga sol kelsa qo`lingdin aqli past beboshni.
Odam o`g`li bo`lmag`aysan bo`lmasa senda vafo,
El aro sharmandadursan bo`lmasa sharmu hayo.
Toza dillar kiryuraklar birla bo`lmas oshno,
Na qilay bunday ko`ngulni bo`lmasa unda vafo.
Saqlamas sandiqda hech kim qimmati yo`q toshni,
Kerma manmanlik bilan o`rnida turgan qoshni.
Nokerak bo`lma jahonda, doimo darkor bo`l,
Bag`rida yayratgan eldan shod-minnatdor bo`l.
Gul kabi chehrang ochib yur, xalq uchun gulzor bo`l,
Qo`lga sanchilma tikandek, balki beozor bo`l.
Keksa ham hurmatlag`ay odobli bo`lgan yoshni,
Kerma manmanlik bilan o`rnida turgan qoshni.
Har kishi ko`ngli uchun ahmoqqa himmat aylasin,
Har kishi yaxshi kishilar birla suhbat aylasin.
Har kishi mayli halol mehnatda rohat aylasin,
To`kmasin, Chustiy, sevinch-la ko`zga to`lgan yoshni.
Kerma manmanlik bilan o`rnida turgan qoshni,
El sevar odamda bo`lgan sabr ila bardoshni.
Yo`lda joningdin aziz tut senga chin yo`ldoshni,
Yo`lga sol kelsa qo`lingdin aqli past beboshni.
El uchun qilsang ziyon, toshlarga urgin boshni.
Saqlamas sandiqda hech kim qimmati yo`q toshni,
Yo`lga sol kelsa qo`lingdin aqli past beboshni. {x2}