Sherali Jo`rayev - Ketma bahor qo`shiq matni
Bahor kelsa boshlanar bog`da bulbul хonishi,
Sa`va, qumri nag`masi, suralay tovlanishi,
Qirlarda navro`z sayli, lolalarning yonishi,
To`xtamay tabiatdan haqqushlar zorlanishi.
Ketma bahor, ketma, ey, mening bog`imdan,
Ketma bahor, ketma, ey, mening bog`imdan.
Qilmishi qing`ir zotga davr qayda, davron qayda,
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolg`iz otga olamda nom qayda, nishon qayda,
Bahor, sensiz sahroyu tog`u toshga jon qayda?
Ketma bahor, mening bog`imdan,
Bahor, ketma mening bog`imdan.
Ketma bahor, mening bog`imdan-ey,
Mening bog`imdan.
Maysadagi shudringlar kimlarning ko`z yoshlari?
Giyoh bilan qoplanmish ko`hna qabr toshlari.
Bu yerda yotar otam yo qir-elatdoshlarim,
Har bahor eslar uni qavmu qarindoshlarim.
Ketma bahor, mening bog`imdan,
Bahor, ketma mening bog`imdan.
Ketma bahor, mening bog`imdan-ey,
Mening bog`imdan.
Ketma bahor, ketma, ey, mening bog`imdan,
Mening bog`imdan, mening bog`imdan.