Sherali Jo`rayev - Ko’rmisham qo`shiq matni

Do’stlar, {x2} bu kun ajib bir sarvi qomat ko’rmisham,
Surati boshdin oyoq g’arqi latofat ko’rmisham.

Yuzlarining shu`lasin ko’rgach gulu gulzorini,
Ko’zlarining aksini ayni inoyat ko’rmisham.

Jon kibi nozik belidan surtayi zar ostida,
Besh qobzin tig’ini jonimg’a ofat ko’rmisham.

Do’stlar, {x2} bu kun ajib bir sarvi qomat ko’rmisham.

Ko’rmadim monand anga chobuklik ichra necha kim,
Dilrabolar jilvasi behaddu boyad ko’rmisham.

Ketsa u chin tong emas, ko’rgach qiyomi qomatin,
Kim mani hayron oni qoyim qiyomat ko’rmisham. {x2}

Bilmadim holim na yerg’a oid bo’lg’ay oqibat,
Kim bu kun jonimda dardim benihoyat ko’rmisham.

Ogahiy, endi manga o’lmakdin o’zga chora yo’q, {x2}
Kim bu kun jonimda dardim benihoyat ko’rmisham.

Do’stlar, {x2} bu kun ajab bir sarvi qomat ko’rmisham.
Ha-a, dod-ay…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]