Sherali Jo`rayev - Muqaddas ayol qo`shiq matni

Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Avval kelib, quchog`imga to`l, balq dedilar,
Unamading – ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r talh dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Qimtinasan astagina va egasan bosh,
Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,
Gunohkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Harir, xushbo`y badaningda toshlar izi bor,
Ko`kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh izi kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Chorlashganda sen kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga zor kelsang-da xor kelsang-da,
Nomardlarga xor kelsang-da, zor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol. {x2}

Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sherali Jo`rayev - Muqaddas ayol qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Umar Shamsiyev - Ayol qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:09Скачать
Sarvar va Komil - Ayol qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:56Скачать
Ravshan Komilov - Muqaddas ayol128 kbps26-01-2015, 05:18Скачать
Asliddin Do'stov - Muqaddas ayol128 kbps7-01-2015, 11:58Скачать
Sherali Jurayev - Muqaddas ayol128 kbps2-01-2015, 11:53Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.