Sherali Jo`rayev - Oshiqlar sardori qo`shiq matni
Bulbullar ichra tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o`n mingta bo`lsa,
Bilgil-ki, alarning sardori menman. {x2}
Qo`llarim istagi tutmoqlik qo`ldan,
Istagim totmoqlik labdagi boldan.
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo`ldan,
Bilgil-ki, eng avval kelgani menman.
Sevgiga sodiqlik shartini qo`ysang,
Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o`n mingtadan yuzta qoldirsang,
Bilgil-ki, yuztadan bittasi menman.
Keksalik degan so`z joy olsa dildan,
Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
Har kun gul olsang sen gar o`nta qo`ldan,
Bilgil-ki, eng avval gul tutgan menman, yosh yoray.
Falak falakligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o`girsa hatto keng jahon,
Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon,
Qolgan shul oshig`ing bilgil-ki menman, yosh yor-a.
Ko`zlaring bemahal yoshlarga to`lsa,
Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
Oshiqlaring agar hech kelmas bo`lsa,
Marhum ul Rasul Hamzat bilgil-ki menman.
Bulbullar ichra tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Oshiqlaring agar o`n mingta bo`lsa,
Bilgil-ki, alarning sardori menman. {x2}