Sherali Jo`rayev - Sanamjon qo`shiq matni

Sochlaringni sariqqa bo`yab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro ko`zli sanamjon, o`zing yaxshi bilasan –
Ko`ksimdagi dardimni so`rab nima qilasan?

Hasrat to`la so`zga so`z ulab nima qilasan,
O`zingnida manida qiynab nima qilasan?
Qaro ko`zli sanamjon, o`zing yaxshi bilasan –
Qayda vafo bormi deb so`rab nima qilasan?

Daryo suvi oqarmu qor yog`masa tog`larg`a,
Gullar kulib boqarmu san kelmasang bog`larg`a?
Qaro ko`zli sanamjon, o`zing yaxshi bilasan –
Ishqdan boshqa davo yo`q ko`ksimdagi dog`larg`a.
Qaro ko`zli sanamjon, o`zing yaxshi bilasan-ey –
Sendan boshqa davo yo`q ko`ksimdagi dog`larg`a.

Sochlaringni sariqqa bo`yab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro ko`zli sanamjon, o`zing yaxshi bilasan –
Ko`ksimdagi dardimni so`rab nima qilasan?
Qaro ko`zli sanamjon-ey, o`zing yaxshi bilasan –
Ko`ksimdagi dardimni so`rab nima qilasan?

Ko`ksimdagi dardimni so`rab nima qilasan? (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]