Sherali Jo`rayev - Sarbon qo`shiq matni

Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.
Tandan dilu jonim olib,
Ul dilistonim boradur.

Qolurmu men olis bo`lib,
Bechora-yu ma`yus bo`lib,
Qalbim firoq tig`i tilib
To ustixonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

Sarkash nigorimdan judo,
Ayshu qarorim bebaqo,
Manqalda otashdek qaro,
O`t birla qonim boradur.

Cheksamda zulmni dodini,
Ham va`dalar barbodini,
Ko`ksimda tutgum yodini
Toki zabonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

To`xtat biroz, ey sarbon,
Karvonni qilma tez chunon, (x2)
Sarviravon ishqida jon
Tandan iymonim boradur.

Qayt, ko`zlarimga qo`y oyoq,
Ey, dil piri, ketma yiroq,
Ey nozanin, ko`kka bu choq
Ohu fig`onim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

Qilma fig`on, ey Sa`diyo,
Hech arzimas ul bevafo, (x2)
Toqatni qo`ymas bu jafo
Aqlu iymonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]