Sherali Jo`rayev - Sohibqiron qo`shiq matni

Turkiy elim, sen azaldan buyuk eldursan, {x2}
Chunki senda qismati bor sohibqironning.
Mehmonnavoz qo’li ochiq, ochiq dildursan,
Chunki senda himmati bor sohibqironning,
Senda buyuk hislati bor sohibqironning. {x2}

Amir Temur tug’ilgan el turkiy barlosdur,
Eron, Yorun, Xitoy, Hinddan butkul xalosdur,
Turku uyg’ur, totor, chuvosh, urug’ xokosdur,
O’zbek, qirg’iz, qozoq, turkman turkiyga xosdur,
To’qson ikki elati bor sohibqironning.

Allohga qul Muhammadni rasul bilgan el,
Amir Temur davlatida toshib to’lgan el,
Temur o’tgach har tarafga to’zib ketgan el,
Ushbu kunda o’zligini anglab yetgan el,
O’zbek degan millati bor sohibqironning.

Temur o’tgach har tarafga to’zib ketgan el,
Bugun kelib o’zligini anglab yetgan el,
O’zbek degan millati bor sohibqironning.

Temurdan so’ng saltanatni buzdilar uzoq, {x2}
Turkiylarning ko’ksida bu alamli bir dog’.

Temurdan so’ng saltanatni buzdilar uzoq,
Turkiylarning ko’ksida bu alamli bir dog’.
Lekin Temur saltanatin poydevori sog’,
Dilni poklab poydevorga g’isht qo’ying oppoq.

Lekin Temur saltanatin poydevori sog’,
Dilni poklab poydevorga g’isht qo’ying oppoq.
Shunday buyuk davlati bor sohibqironning. {x2}

Minoralar Temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonning sarhadidandur. (x2)
Alisher ham Temuriylar avlodidandur, {x2}
Sherali ham uning buyuk davlatidandur.
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning, {x2}
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sherali Jo`rayev - Sohibqiron qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Rayhon - O’zbek qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:23Скачать
Dilso`z - Vatanim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать
Temur Isxakov - Yolg'on so'zlar (uzhits.net)128 kbps20-06-2015, 17:29Скачать
Temur Isxakov - Mani erkam (uzhits.net)128 kbps20-06-2015, 17:29Скачать
Rustam G'oyipov - Amir temur yoqdi128 kbps26-01-2015, 09:33Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.