Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sherali Jo`rayev - Yodingdami yoshligimiz qo`shiq matni

Sherali Jo`rayev - Yodingdami yoshligimiz qo`shiq matni

Yodingdami yoshligimiz,
Beqaror, beboshligimiz? (x2)
To`ymay bu keng olamga,
Baxtiyor, shodligimiz. (x2)

Qo`l teksa, titrab qo`ling,
Balog`at to`sgach yo`ling, (x2)
Aylanmay so`zga tiling,
Qayrilma qoshligimiz. (x2)

Ilk bora yorni quchib,
Lablardan labbol ichib, (x2)
Bu olamdan voz kechib,
Bo`salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o`tar,
Yosh ketib, pirlik yetar,
Lek ba`zan qo`msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Lek ba`zan qo`msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,
Yoz kelsa – kuzdan nishon, (x2)
O`g`il-qizda qaytar, ishon,
Baxtiyor yoshligimiz. (x2)

Yodingdami yoshligimiz,
Beqaror, beboshligimiz? (x2)
To`ymay bu keng olamga,
Baxtiyor, shodligimiz. (x2)

Yoshligimiz… Beboshligimiz…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]