Sherzod Bek - Go’zal sevgim qo`shiq matni

Oydek go’zal vasling tomon talpinar
Mening beg’ubor, go’zal sevgim.
Sirli nigohlaring olovdek yoqar,
Mening umidvor, go’zal sevgim.
Umidvor, go’zal sevgim.

Vasling yiroq bo’lsa ham,
Ishqing men uchun firoq bo’lsa ham,
Sen qalbimda yagona, yolg’izim
Bo’lib qolasan.

Mendan yiroq bo’lsang ham,
Vasling men uchun sarob bo’lsa ham,
Sen olamda bebaho, azizam
Bo’lib qolasan.

Poylayman seni har on,
Sensiz qorong’u menga bu osmon,
Hattoki gullar ham sensiz xazon. (sensiz xazon)
Agar yonimda bo’lsang,
Ziyoga to’lar qorong’u osmon,
Hattoki xazon gullar shu on.
Hattoki xazon gullar shu on.

Vasling yiroq bo’lsa ham,
Ishqing men uchun firoq bo’lsa ham,
Sen qalbimda yagona, yolg’izim
Bo’lib qolasan. (x2)

Mendan yiroq bo’lsang ham,
Vasling men uchun sarob bo’lsa ham,
Sen olamda bebaho, azizam
Bo’lib qolasan.

Sen olamda bebaho, azizam
Bo’lib qolasan.
Men beg’ubor sevgingdan umidvor…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]