Sherzod Bek - Sog’inch qo`shiq matni

Yuragim ichra mangu,
Vasling go`zal bir orzu.
Armonlarda qoldimmu,
Xayollarda toldimmu?

Eslab shahlo ko`zingni,
Aytgan shirin so`zingni,
Seni kutaman hamon,
Sog`inching qo`ymas omon.

Sog`inching qiynar meni,
Yo`qdir xabaring seni.
Nahot sevgi bu qayg`u?
Yo beshafqat bu tuyg`u.

Ishonaman men senga,
Bo`lmagin armon menga.
Yoridan kelsa jafo,
Oshiqqa vafo ravo.

Eslab shahlo ko`zingni,
Aytgan shirin so`zingni,
Seni kutaman hamon,
Sog`inching qo`ymas omon.

Yuragim ichra mangu,
Vasling go`zal bir orzu.
Nahot sevgi bu qayg`u?
Yo beshafqat bu tuyg`u.

Yuragim ichra mangu,
Vasling go`zal bir orzu.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]