Sherzod Ergashev - Ertaga gaplashamiz qo`shiq matni
Arazlashga har kuni zo`r bahonalar topasan,
 Men uchun dard daftaringni, aytgin, qachon yopasan?
 Behuda rashk ustida-ku kunda gap talashamiz,
 Buguncha kech, qolganini ertaga gaplashamiz. (x2)
Yana nima gaplar toparsan ertagacha,
 Balki dard daftarini yoparsan ertagacha.
Ayt go`zalim, qachon axir biz urishmay gaplashamiz,
 Men seni hech tushunmayman.
 Ayt go`zalim, qachon axir tinch o`tirib, dardlashamiz,
 Degin endi: urishmayman. (x2)
Har ishimdan xato topib, mendan nima kutasan,
 Borsam, derazangni yopib, bundan nima yutasan?
 Janjallashib, yana o`zing deysan, tez yarashamiz,
 O`ylab ko`ray men bu so`zing, ertaga gaplashamiz.
Yana nima gaplar toparsan ertagacha,
 Balki dard daftarini yoparsan ertagacha.
Ayt go`zalim, qachon axir biz urishmay gaplashamiz,
 Men seni hech tushunmayman.
 Ayt go`zalim, qachon axir tinch o`tirib, dardlashamiz,
 Degin endi: urishmayman. (x1+x2)

