Shohjahon Jo`raev - Ado bo’ldi qo`shiq matni

Seni sevib topganlarim jafo bo’ldi,
Yollarimning ko’rgani kayf safo bo’ldi.
Bilolmadim, sen qandayin kuyyabsan,
Mening bag’rim kuyib bitdi, ado bo’ldi.

Orzu deya, armonlarni quchdimmi men?
Bir lahzada poyingga cho’k tushdimmi men?
Ko’zu, qoshu kiprigingga uchdimmi men?
Sendan na bir taskin, na bir sado bo’ldi.

Ado bo’ldi, ado bo’ldi, ado bo’ldi,
Sendan na bir taskin, na bir sado bo’ldi.
Ado bo’ldi, ado bo’ldi, ado bo’ldi,
Mening bag’rim kuyib bitdi, ado bo’ldi.

Yurmaymanmi erkalab hur ilonlarni,
Yuragimga bosib qotil chayonlarni?
Ko’rmas edim bu kunni, bu hijronlarni,
To’rt tomonim faryod to’la nido bo’ldi.

Sen zebu zar og’ushida mastsan bugun,
Eh, shunchalar bedor, shuncha pastsan bugun.
Men sevgan qiz senmas, sen bir xassan bugun,
Endi mening yorim yolg’iz Xudo bo’ldi.

Kim qo’yibdi men bir xofiz bolasiga,
Dil bermoqni boyning guli, lolasiga.
Teng ko’rmading sochingning bir tolasiga,
Teng ko’rganing osmon bo’ldi, samo bo’ldi.

Ado bo’ldi, ado bo’ldi, ado bo’ldi,
Teng ko’rganing osmon bo’ldi, samo bo’ldi.
Ado bo’ldi, ado bo’ldi, ado bo’ldi,
Mening bag’rim kuyib bitdi, ado bo’ldi.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]