Shohjahon Jo`raev - Farishtaginam qo`shiq matni

Sendan olislarda bo`ldim ne bo`lsam,
Seni yig`latguncha bo`lmasmu o`lsam?
Bir umr bag`ringni baxtga to`ldirsam,
Yig`lama, yig`lama, yig`lama o`zimning farishtaginam.

Men uchun g`am yutding, ko`zlaringda nam,
Ne darddan ko`zlaring ma`yus buncha ham? (x2)
Baxtning saroyiga birga boramiz,
Yig`lama o`zimning farishtaginam.

Hayot yo`llarida qoqildim bilmay,
Sening sof sevgingni ko`zlarim ko`rmay.
Aytgil, gunohimni men qanday yuvay?
Yig`lama o`zimning farishtaginam.

Noshudman, qadringni bilmadim, kechir,
Holing ne deb bir bor so`rmadim, kechir.
Olddan oqqan suvni ko`rmadim, kechir,
Yig`lama o`zimning farishtaginam.
Men uchun g`am yutding, ko`zlaringda nam.

Jondan kechganimdir sendan kechganim,
Yodimda sevgimga qasam ichganim.
Yetar, mani yig`laganlarim,
Yig`lama o`zimning farishtaginam.

Men uchun g`am yutding, ko`zlaringda nam,
Ne darddan ko`zlaring ma`yus buncha ham? (x2)
Baxtning saroyiga birga boramiz,
Yig`lama o`zimning farishtaginam.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]