Shohjahon Jo`raev - Seni sevdim qo`shiq matni

Seni sevdim, quvondi dil,
To`rt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, to`lg`ondi dil,
To`rt tomonim alam-ozor.

Bir ko`rishda shaydo qilding,
Es-xushimdan judo qilding.
Tuyg`ularim o`yin bilib,
Bir umrlik xato qilding.

G`urur to`nim yechmas edim,
Benaf olov kechmas edim,
Bilsam senga sharbat tutib,
O`zim og`u ichmas edim.

Seni sevdim, quvondi dil,
To`rt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, to`lg`ondi dil,
To`rt tomonim alam-ozor.

Mani bemor yuz aldadi,
Boldek shirin so`z aldadi.
Yolg`on yig`lab, yolg`on kulib,
Boqqan jodu ko`z aldadi.

Olisda oy ko`zlamasman,
Dardim yelga so`zlamasman.
Ul nigordan ko`nglim qolgan,
Farishta ham izlamasman.

Seni sevdim, quvondi dil,
To`rt faslimda kulib bahor.
Oh, seni sevdim, to`lg`ondi dil,
To`rt tomonim alam-ozor. (x3)
Seni sevdim…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]