Shohjahon Jo`raev - Yig’lama qo`shiq matni

Sevgi quvonchmikan yoki g`ammi?
Ul g`am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag`ring tilib yig`lama.

Sevgi dil og`rig`i, ko`ngil chog`iri,
Soxta mehring bilan qalbim tig`lama.
Yolg`onlaring oshkor bo`lib oxiri,
Alamdan sochlaring yulib yig`lama.

Ko`z oldimda hamon gulgun jamoling,
Ruhimni allalab aldar xayoling.
Bir kuni javobsiz qolsa savoling,
Foydasiz pushaymon qilib yig`lama.

Sevgi quvonchmikan, ayt yoki g`ammi?
Ul g`am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag`ring tilib yig`lama. (x2)

Shumi ishq degani, vafo degani,
Ishq mahzun yurakka jafo degani,
Menla yurib, zimdan o`ylab boshqani,
Ikki o`t ichinda qolib yig`lama.

Seni sevib bo`ldim dalli-devona,
Bugun yolg`oningdan kuydim pinhona,
Sen menga, men senga endi begona,
Mendan ham o`zingdan nolib yig`lama.

Sevgi quvonchmikan, ayt yoki g`ammi?
Ul g`am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag`ring tilib yig`lama. (x2)





Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Yulduz Usmonova - Yolg`izlik qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:13Скачать
Shohjahon Jo`raev - Farishtaginam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:02Скачать
Navo ansambli - Yig’lama quyosh qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:46Скачать
Munisa Rizayeva - Yurak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать
Muhriddin Xoliqov - Uzatamiz qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.