Shohjahon Jo`raev - Yomg’ir qo`shiq matni

Aldanganmi zor yig`lar osmon,
Kiprigimga tomchilar og`ir. (x2)
Darddan zada, qayg`uga oshyon
Yuragimga sanchilar yomg`ir. (x2)

Bo`g`zim uzra yonar qo`rg`oshin,
Zil ko`ksimda tuyg`ular og`rir.
O`z qo`lim mushtlagan boshim
Bilmam nega siypalar yomg`ir,
Oh, o`z qo`lim mushtlagan boshim
Bilmam nega siypalar yomg`ir.

Yomg`ir, yomg`ir,
Yuragimga sanchilar yomg`ir.

Tor dunyoning to`rt tomonida
Xiyonatlar yoygan keng tomir,
Nopoklarning kir tovonida
Asrolmayman, yanchilar yomg`ir.

Umr bir qur telbaning darsi,
Vujud avval, rux esa oxir.
Nomardlarning kasofat kasrin
Yuvib o`tar farishta yomg`ir,
Nomardlarning kasofat kasrin
Yuvib yog`ar farishta yomg`ir.

Yomg`ir, yomg`ir,
Yuvib o`tar farishta yomg`ir. (x2)
Yomg`ir, yomg`ir,
Yuragimga sanchilar yomg`ir.

Yuragimga sanchilar yomg`ir. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]