Shohruhxon - Armonim qo`shiq matni
Armonim yo`q edi ko`rmaganda seni,
Ko`zda yoshim yo`q edi aslo.
Seni o`ylamasdim, baxtliroq yurardim,
Hasratim ko`klarga bo`ldi bir sado.
Ko`p ishonar eding kumush yuzlaringga,
Go`yo tengi yo`qsan butun bu olamda.
Inobatga olmading so`zlarimni,
Yo`llaringga zor etding ko`zlarimni.
Nega endi yig`laysan, jonim nega,
Aybdorliging bilmaysan nega yana?
Bilmading, bilmading… (x2)
Nega kelding yana, sig`maydi aqlimga,
Farqlar topolmadim nigohlaringda.
Termulib yuzimga nimalar kutasan,
Sen emasmi meni beqarorlar etgan?
Inobatga olmading so`zlarimni,
Yo`llaringga zor etding ko`zlarimni.
Nega endi yig`laysan, jonim nega?
Aybdorliging bilmaysan nega yana? (x2)
Heyy, heyy
Bilmading, bilmading… (2x)
Heyy…
Читать также
Комментарии (0)