Shohruhxon - Chorla qo`shiq matni
Oy nurini kezida sochadi,
Go`zal yuzingni nogahon ochadi.
Naqadar mayindir, yor-ey,
Uyalib qaraganlaring.
Xush ta`siring aqlimdan ozdirib,
Parvozlarda har sahari suzdirib,
Ishqing solar yog`du, yor-ey,
Qalbimga shirin ta`siring.
Chorla, armon ortiga berkinma,
Jonim, jonimni og`ritma,
Meni yuragingga joyla-joyla.
So`zla, ammo ayon emas dema,
Tuyg`ularingni yashirma,
Meni yuragingga joyla-joyla.
(Chorla, armon ortiga berkinma,
Chorla, tuyg`ularingni yashirma.)
Shirin-shirin ohim ustun,
Yo`qlamasang bir kun – misolim Majnun.
Shirin-shirin, vo, dardim uzun,
Yonimda qolsayding, bo`lardim men behad mamnun.
Bu olam sen bilan yanada munavvar,
Bu osmon, bu yerlar sen bilan ko`zlarimga yoqar.
Chorla, armon ortiga berkinma,
Jonim, jonimni og`ritma,
Meni yuragingga joyla-joyla.
So`zla, ammo ayon emas dema,
Tuyg`ularingni yashirma,
Meni yuragingga joyla-joyla.
(Chorla, armon ortiga berkinma,
Chorla, tuyg`ularingni yashirma.)
Chorla, armon ortiga berkinma,
Jonim, jonimni og`ritma,
Meni yuragingga joyla-joyla.
So`zla, ammo ayon emas dema,
Tuyg`ularingni yashirma,
Meni yuragingga joyla-joyla.
(Chorla, armon ortiga berkinma,
Chorla, tuyg`ularingni yashirma.
Chorla…)