Shohruhxon - Gulira’no qo`shiq matni

Hammayoqda atirgul isi,
Har narsadan izlayman ma`no.
Xayolimdan ketmagay isming,
O, Gulira`no.

Bir dard o`rtar meni beomon,
Bu dardga hech bormikin davo?
Chora istab, chopdim har tomon,
O, Gulira`no.

Gulira`no, Gulira`no,
Gulira`no, bormikin davo? (x2)

Berolmasman taqdirga firib –
Sensiz baxtim kulmagay aslo.
Huzuringga keldim bosh urib,
O, Gulira`no.

Men bilmasman ishqning tilini,
Noming qalbda yashnagay ammo.
Xazon etma sevgim gulini,
O, Gulira`no.

Gulira`no, Gulira`no,
Gulira`no, bormikin davo? (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]