Shohruhxon - Insonlarmiz qo`shiq matni
Bir yelkada iymon, birida shayton,
Birida haqiqat, birida yolg`on,
O`rtada ovora bechora inson.
Kimdur bog` yaratar, kimning qo`li qon,
Zo`r bo`lsang yo`lingga qo`yishar qopqon,
Ey, do`stim!
Osmonlar bizga boqar
Sinovlari boqiy, sinovlari boqiy.
Axir biz insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.
Kimni omad, kimni kulfat qarshilar,
Pok noming tuhmatga qorar vahshiylar,
Bormisiz, qo`l bering qani, yaxshilar!
Hayotning to`sig`u zarbalari ko`p,
Yomonning makriyu nag`malari ko`p,
Ey, do`stim!
Osmonlar bizga boqar
Sinovlari boqiy, sinovlari boqiy.
Axir biz insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.
(Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.)
Читать также
Комментарии (0)