Shohruhxon - Mening qo’shigim qo`shiq matni

So`rama,
Hol-ahvolim anig`i dardu malomat,
Qara, so`nib boradi yuzda alomat.
Qilma asabimda naqdu daromad,
Iltimosimga diqqatingni qarat.
Balo tuzma, sharoitimni yarat,
Qanaqa bemahal, ham o`sha holat,
Nima bo`ladi bersang so`zga bir fursat?
Xayolim arosat.

Ana deding, xo`p deding,
Yozda qor yog`sa deding.
Kutib ado bo`ldim,
Uyquga zor bo`ldim.
Ko`nglingni hamon
Yugurib-yurib ham topa olmadim,
Imlaydi qo`shig`im.

O`ynama,
Ko`zlarimga qarab, qalbimni sindirma,
Xazil qilsam ko`taradi deb o`ylama.
Ko`ngil bergan ko`nikadi-da dema,
Nozlaru nafosatingga boylama,
Sevamanda foyda bilib kuydirma.
Lablaringni burishtirma, yuz o`girma,
Qora ko`zim o`zingdan meni ayirma,
Ayirma, ayrilma.

Ana deding, xo`p deding,
Yozda qor yog`sa deding.
Kutib ado bo`ldim,
Uyquga zor bo`ldim.
Ko`nglingni hamon
Yugurib-yurib ham topa olmadim,
Imlaydi qo`shig`im. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]