Shohruhxon - Nigorim qo`shiq matni

Qo`shiqlarim havolandi yor uchun,
Tongda turib, gul terdim dildor uchun.
Baxt istadim, unda ko`nglim bor uchun,
O nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Sen uchun jonimni beraman,
Sen uchun, faqat sen uchun.
Nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Orzu qildim, oy chehrasi mohimni,
U payqamas yo istamas ohimni.
Unutolmam ishq ko`kida shohimni,
O nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Sen uchun jonimni beraman,
Sen uchun, faqat sen uchun.
Nigorim, bir boqmading, nigorim.
Uzildiku diltorim, mening diltorim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]