Shohruhxon - Onajon qo`shiq matni
O`tadi kun, o`tadi tun, o`tadi oy-yil,
Qalbim hamon mehrga moyil.
Do`stu-yorim, yaqinlarim yaxshi kunimda
Yonimdasiz hamisha qoyil.
Kim uchun suyunib, kim uchun yana kuyunib,
Kunlarim osuda chog`ida,
Xayollarga tolaman, dilga savol solaman,
Yana o`ylanib qolaman goh-gohida.
Kim mani jonimga kuyar,
Dardimni dardiday tuyar,
Kim mani jonidan suyar onamdek?
Kim mani borimga ko`nar,
Bergan ozorimga ko`nar,
Tunlari boshimda tunar onamdek?
Har ko`chada yurmadim, berdi Xudo omadim,
Ming bor shukr har bir kunimga.
Qoqilmadim, sinmadim, ortimga chekinmadim,
Hamma keldi birin-ketin yonimga.
Ko`pdir menga parvonalar, yaqinimu begonalar,
Barchasi qadrdonlarim.
Ishlarim joy-joyida, yorim tengsiz chiroyida,
Keldi manga davru-davronlarim.
Kim mani jonimga kuyar,
Dardimni dardiday tuyar,
Kim mani jonidan suyar onamdek?
Kim mani borimga ko`nar,
Bergan ozorimga ko`nar,
Tunlari boshimda tunar onamdek? (x2)