Shoxrux - Baxtli bo’l qo`shiq matni
(Assalomu alaykum, man hozir bandman,
Nima gapiz bo`lsa, signaldan keyin qoldiring)
Allo, qalaysan, yaxshimisan?
Sanga rosa telefon qildim, bir-ikkita gaplar bor edi, sanga aytadigan.
Lekin topolmadim sani.
Esingdami? Sani birinchi marta ko`rganimda
Har hil narsalarni soraganday bo`lib,
Sanga tikilib, qarab turaverardim.
O`shanda, “ey Xudo, shu qiz ketib qolmasin” deb, so`raganman Xudodan.
Ismingni bilgim kelgan, san bilan gaplashgim kelgan o`shanda rosa.
Telefonda gaplashganingda ko`zlaring bilan manga, osmonga,
O`tgan-ketgan odamlarga qararding.
Sani ko`zlaring dunyodagi eng chiroyli ko`zlar.
Qo`llaring nozikkina, har bir harakating o`zingga yarashib turadi.
Man haqimda so`raganingda hursand bo`lib ketganman,
Ichimda ozgina sandan umid borligidan.
Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmayman.
(Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmayman)
Sani o`ylab tong otadi, kun botadi,
Man san uchun borimni beraman.
Man san bilan har qancha yo`qchilikka chidolayman,
Lekin sani bunga tortishim, san uchun javob berishim noto`g`ri.
(Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmayman)
Man uchun kurashmadi, mani boshqalarga berib qo`yvotti deb
O`ylab mandan nafratlanma, iltimos.
Man sani o`ylavoman faqat. Chunki san dunyoda eng baxtli inson bo`lishing kerak.
Sani xafa qilgan bo`lsam mani kechir, mani rostakam yaxshi ko`rsang manga yordam ber.
Baxtli yasha, o`shanda man sani ko`rib, yashashga intilaman.
To`yim bo`votti, Shox, deganingda hotirjamligingni ko`rib hursand bo`ldim,
Chunki tushundim, ota-onangga yo`q desang, sani yomon qiynashardi.
Buni mandan yaxshi bilasan, hamma ota-onaga farzandining baxti kerak,
Ular sani o`ylab baquvvatroq joyga berishvotti.
Ular uchun sevgi o`z yo`liga, hayot bo`lsa o`zing bilasan qanaqaligini,
San hech narsaga muhtoj bo`lmasdan yashashing kerak.
Man oyoqqa turgunumcha hali bor…
Man sani hech qachon unutmayman,
Yuragimda, ko`z oldimda bo`lasan har doim.
San shuni bilib qo`y…
Man sani hech qachon unutmayman,
Man sani bir umrga sevaman…