Shoxrux - Do’st qo`shiq matni

Bu voqeani man o`ylab topganim yo`q.
Bu haqiqat. (hh`e) hayotning haqiqati.
Yo, aha, a bir, bir qiz uchun! oh.. yo..

Man bilan yurding, borimni ko`rding,
Do`stman deb doim manmanlik qilding.
Ichimga kirding (ha), sirimni bilding (ha),
Keyingi qadamni yuzimga qo`yding.

Bir qiz uchun do`st sotish bu juda yomon,
Bundan keyin hurmating qolmaydi omon.
Bir qiz uchun-a, sevgi uchun (ye, ye)
Xor bo`lding, bola, bir qiz uchun.
Yo-hh`e.. Sanmisan do`stim? Yo-yo..

Do`stim agar bo`lsa manga dushman,
Yordam kutib yashay unda kimdan?
Doim xavf tayyor turar zimdan,
Do`stim agar bo`lsa manga dushman. (x2)

Ikkinchisi ketdi..

Sevgan qizimni, mani ozimni
G`iybatlar to`qib, yerga bulg`ading.
Xo`rlangan bir qiz (hey) qolmadi sanga,
Bolmadi manga (aha), na foyda topding?

Mandan qaytmas, kutmagin, kutgin hayotdan,
O`zga chorang qolmaydi, afsus faryoddan.
Bir qiz uchun-a, sevgi uchun (ye, ye)
Xor bo`lding, bola, bir qiz uchun.
Ha-ha, sandan kutmagandim..

Do`stim agar bo`lsa manga dushman,
Yordam kutib yashay unda kimdan?
Doim xavf tayyor turar zimdan,
Do`stim agar bo`lsa manga dushman. (x2)

Yonayotgan kuchli g`azab qichitadi qo`llarimni,
Bosib jahlim, tiydim zorg`a man o`zimni, so`zimni.
Tiydim man o`zimni, unutilmas bu voqea g`ajidi dilimni,
Bir qiz uchun-ey, a ne uchun-e, nima qilding-ey, do`st sanmisan?

Achinaman ahvolingga, dushman bo`lding do`stingga,
Yaxshi-yomon kunlaringda endi kim bor yoningda?
Ahvolingga… yoningda…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]