Shoxrux - J.K.B. qo`shiq matni

Xayolim o`zga olam,
Nega bora-bora tunda ko`zim nam?
O`zi man bu huzurda mehmon,
Nari borsa bugun ham adoim ehtimoli har qadam.

Ko`zlarim yo`lingdadir,
Bir maning maqsadim bo`lmadi ro`yo, ko`rinmas dunyo.
Yuguradi bu oyoqlarim
Tomoningga tinmay, hech dam bilmay.
Mana bu qo`llarim har kuni doim yopiq eshigingni
Tebratar umuman tonmay.
Izlaydi ko`zlarim o`zingni faqat, bexonumonman.

Bitdi bu doston, yuragimdagi ming karra fig`on,
Badanimda qolmadi darmon,
Yo`qlayman o`zingni kunu-tunda o`zimda,
Kuygan haroratda fursatda, har kelajak bir zamonda,
Har sahifayu devonda.

Sezildi na bir issiq, na bir sovuq,
Har tomonimdan berilgan zarba,
Na bir zulmni sezdim man betom, a.
Vujudimni kuydirsang, bejon etsang,
Yuragimni qon talatib oxir netaman,
Jamolingni ko`rsatmasang? (ko`rsatmasang)

Nasibamni maning devonayu rasvodan
Battar qilsang ham roziman axir,
Oxiri borib, “manzili a’lo”ga yetqazsang,
Bo`lar edimi sodir.

Jonu jahonim maning,
Qalbimni do`pposlagan dardimu arzandam maning.
Har balo qilsang qil, oshiq qilsang bas,
Bormidi bundan ortiq baxt?
Misoli daraxt kabi man so`narim ayon bevaqt,
Qadarim bitmasdan mutloq, man qildim ahd.

Negadir ko`karmadim, ko`kardi ichimdagi dardimu armon,
Boq maning holimga, yoron, ne keregi bor usha go`zal makon?
Ko`zlaringga man boqmasam, unda borim ham kam,
Butun borliq ham kam.

Kun kabi otsang,
Qani edi natijalarim so`nggida vaslingga duchor bo`lsam.
Hayronu vayron bo`lsam, yuragim qon otib, oxir netaman,
Netaman jamolingni ko`rmasam?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]