Shoxrux - Keragim qo`shiq matni
Mani holim kuyinganimdan,
Har hil tasavvurdan tashqari taraladigan tafakkurdan,
Ortar mavzu, tiladi negadir kechalari jismimni, a.
Yuragimda har sari g`olibona bo`lgan dard va ezgu,
Qo`llarimda ko`rinar tutsam, ilingani qiyin bo`lgan orzu.
Oboradi mani devona holatiga, har harakati jonimni oladigan visoli,
Qutilish yo unutish kabi dilimdagi naqshni ko`chirish,
Xayoldan o`chirish foydasi yo`qdir.
Har bir qaraganida yuragim ura-urar,
Hali beri tinch topmasligimga ko`zim yetdi,
To maqsadga muvofiq bir ish bo`lmasa, kunim bitdi.
O-a-e, e-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Yig`laydi xasta, ojiz yuragim.
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Qaydasan dilga keragim?
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Ko`ylaringda o`tar kechalarim.
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Qaydasan jonim, sevgilim?
Yog`diradi muhabbat boshga tosh, tugamas ko`z yoshga ustun yosh,
Berilar og`ir, olinar juda ko`p, savoli serob,
Savollariga hatto javob mavjud emas.
Tunu kun ko`rinar yor visoli, har damida, har bir nafas,
Holat bo`ysinmas, qilinganda kamdir ming faraz, bas.
Yopiladi olami fano, oqibatda qalblarga zaruri diydor,
Ko`rmoq har nedan afzal bo`ladi, qoladi.
Qo`l-oyoq, ko`z, zabonu aql shu istakni amaliga
Oshirish bilan band bo`lib o`tadi butun umr.
No-nokis harakatiga so`ramaydi uzr,
Oshiq ko`rmaydi ham, eshitmaydi ham.
O-a-e, e-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Yig`laydi xasta, ojiz yuragim.
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Qaydasan dilga keragim?
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Ko`ylaringda o`tar kechalarim.
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Qaydasan jonim, sevgilim?
(Kechalari bedor, sendadir xayolim,
Yig`laydi xasta, ojiz yuragim,
Qaydasan dilga keragim?
Ko`ylaringda o`tar kechalarim,
Qaydasan jonim, sevgilim? (x2))
O-a-e, e-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Yig`laydi xasta, ojiz yuragim.
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Qaydasan dilga keragim?
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Ko`ylaringda o`tar kechalarim.
E-a-e-a-e, e-a-e-a-e,
Qaydasan jonim, sevgilim?