Shoxrux - Ko’ngil qo`shiq matni
Charchadim maqsadsiz yashash tarzidan,
Aqlim uzra sarhadlarimning zabt etilganidan.
Man huddi qulman, nafsimga arzon sotilgan,
Huddi mahbusman, o’limga hukm qilingan.
To’g’ri deb bilib havoi-safoni,
Unutdim qalbim qo’rg’onini.
Har bir harakatim yaratdi o’zimga qarshi bo’lgan qurolni,
Unutdim yana nafs degan dushmanning hiylasini.
Aqlimni asir oldi, har turga solib holatimni,
Sog’inmadim oddiyona beg’ubor hayotimni.
Sukut saqlamoq yo yana savollar bilan tutilmoq,
Hammasi chalkashib ketdi bekorga,
G’animatimni topshirdim nafs degan dushmani hiylasiga.
O’zim esa shunchaki qulman unga,
Nuqta qo’ygim kelardi hammasiga.
Ammo ko’ngil yana u, yana man, yana u,
Xatolardan bo’lak nelar qoldi manda?
Ko’ngil yana u, yana man, yana u,
Singan haqiqatdan bo’lak nelar qoldi ko’nglimda?
Negadir dilimni og’ritadigan so’zlarni
Ko’pligidan chalkashdim,
Har bir so’zlar tikan kabi botadi qalbimga, yuragimga,
Gar yetmay qolsachi umrim?
Balki ertaga ohirgi bekat, ulgurishim kerak,
Har hil holatdagi yaxshi amallarga.
Gar nazar tashlasam razolatu xiyonatdan,
Boshqa hech narsa ko’rinmas ortimda.
Tobora iste’moli zinoyu safodan,
Ularning oldida o’zim bosh egdim.
Lek yurak egmadi, u yana mag’rur edi,
U bir insonni deb urar edi.
Man esa ranjitdim kimlarni deb uni,
Man bosh egmadim yurak esa egdi,
Man mag’rur edim yuragim esa sevardi.
Yu-yuragi sevardi.
Ko’ngil yana u, yana man, yana u,
Xatolardan bo’lak nelar qoldi manda?
Ko’ngil yana u, yana man, yana u,
Singan haqiqatdan bo’lak nelar qoldi ko’nglimda?
San ayt, nega ketding?
San ayt, mani kimlarga alishding?
San ayt, yana nelarni istardi bu ko’ngling?
San ayt, nega endi qaytding?
Ayblama san mani,
Hamma ayb jilovi yo’q nafsingda,
Hamma ayb o’zingda.
Man esa kutardim,
Sani ko’z yoshlar bilan ko’zlarimda,
Bedor tunlarimda.
Do’st bilib sabrni tunlarim uzun kunlarimdan,
San esa hatlab o’tding beayb tuyg’ularim ustidan,
Nafsingni deb yuz o’girding jonim mandan.
Orada sevgi uvol ovora,
Ko’nglim esa parcha bo’lib ming bora.
Barglar to’kilib kelsa kuz eslagin mani,
Yog’ib oppoq qor kelsa qish eslagin mani.

Читать также
Комментарии (0)