Shoxrux - Layli va Majnun qo`shiq matni
Muhabbat. Bormikan undan davo?
Undan bir azob, na bir xato.
Agarda qilsa mubtalo, holati aniq yuz tuban,
G`aribu gado, na bir ixlos qoldi.
Na bir nafsining hojatiga ahamiyat,
Hamma narsa bitib bo`ldi ado.
Yuragimni makoni xonadon qilib oldi ming dardi balo.
Xonavayronman. Ko`rindi asli yuzida natijalar.
Derazamning ortidan-u darbadaru bemakon yig`laydi bulutlar.
So`ndi orzular.
To`xtatildi marralarga intilish kabi harakatlar.
Tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil,
Misoli Layli bilan ko`mildi xayollar.
Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo.
Ufqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim, go`yoki sabo.
Mano Majnunman, qayerdadir Layli.
Qayerdadir Layli… (x2)
Yo`qdir hatti-harakatimga, javobim yo`q,
Yo`llarimda hok-sor irodayu, toqatimga ishonchim yo`q.
O`ldi kibru havo, berkindi borlig` ortida kaminayu shahsiyat.
Bo`ldim ahli salomatdan ahli malomat.
Sevgi nima o`zi u? Kim biladi o`rganilmadi oxiri nazorat.
Muhabbat bu o`ziga yarasha yuraklardagi bir kichik oxirat,
To`la nadomat.
Yanada jismingda yaxshi yoki yomon iz bo`lib qoladigan ming asorat.
Muhabbat bu bemorligu bedorlik.
Ochiq-oydin haqiqat, kechalari giryonlik.
Tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil,
Misoli Layli bilan ko`mildi xayollar.
Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo.
Ufqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim, go`yoki sabo.
Telba Majnunman, boru-yo`g`im Layli.
Boru-yo`g`im Layli. (x2)