Shoxrux - No name qo`shiq matni
Tomonima esadi yellar, kimyoviy yomg`irlar,
Bo`lmagan gaplardan paydo bo`lgan hulosalar.
Ulardan natijada so`raladigan bema`ni savollar,
O`tadi qora ko`zlar, huddi bir o`zlarining nazarida
Betakror va go`zallikda tengi yo`qlar, shirin so`zlar,
Qalbakilashtirilgan ismlar, sun`iy ko`rinishlar, hammasi bir tiyin.
Gap so`z bozorida g`iybatdan foyda ko`rgan asallar,
Kundalik daftarlariga hayotimni beor holatda yozib bitganlarga
Parvoyim yo`q, ovora bo`lmasinlar. (do you hear me?)
Dengizda kema misoli suzarim aniq, to`xtaganim yo`q hali ou,
Tanu jonim salomat, yo`qotganim yo`q bilagimdagi quvvatimni,
Zo`r emasman, yerda ham qolgan emasman.
Kun o`tar kundan g`animat,
Yuraklarda yotar hasrat,
Yaxshi so`z bilan yaxshilar bo`laylik,
Qalblarimizga yo`l topaylik.
Hamma hammaga g`animat,
Afsus topmay oxiri oqibat,
Yaxshilik qilib hamohang bo`laylik,
Do`stlik dargohiga jam bo`laylik.
Demadim o`zgani yomon, qilmadim isyon,
Qalbimda saqlamadim gumon, topmadim ziyon.
Yomonning esa yomonligining o`zi yuz bora zarariga kifoya,
Hayotning sovg`alari ko`p hali, ko`rinmas nihoya.
Ha, o`z yo`lim sari qadamim ravon, man bo`lmasman hayron,
Agarda sha`nimga davoman, to`xtamasdan yog`ilsa ham xazon.
Yoyilsa rost yoki yolg`on, farqi nimada?
Og`ir vazn bilan xunuk muomala qilish,
Qoshlarning burmalanishi har kimda berkingan hislat,
Negadir kulib tabassum qilish hammaning ham qo`lidan kelavermaydi.
Qilinmas odat, umuman olganda saqlanmaydi ba`zida odobu matonat,
Hamma o`ziga bek, o`zicha o`ziga xon, boriga yo`qdir qanoat.
Kun o`tar kundan g`animat,
Yuraklarda yotar hasrat,
Yaxshi so`z bilan yaxshilar bo`laylik,
Qalblarimizga yo`l topaylik.
Hamma hammaga g`animat,
Afsus topmay oxiri oqibat,
Yaxshilik qilib hamohang bo`laylik,
Do`stlik dargohiga jam bo`laylik. (x2)