Shoxrux - O’zbegim qo`shiq matni

Maning elim, elatim,
O egnidagi go`zal ahloq degan libosi bor millatim.
Qo`lini ko`ksiga doim bosgan o`zbegim,
Maning elim, g`ururim.

Jonim fido bo`lsin agar-u maning kamida har dam,
Salom-aligi bor,
Oqibatda oxiri tagidagi damo-dam hotirjam,
O`zbegim, maning millatim, donishmand devonxonam.

Bu yerlarni kezdi bo`lib har yon ahli harobotilar,
Devonai mashoyiq, abdollar, ibn Sino bobolarim,
Hazrati Naqshband, darajati ulug`lar, balogardonlar.

Terani koinot sirlarini bilishni istar hamon bu odamzod,
Hozirgi kunda ham noayon bardavom.
Endi aniqlanayotgan bashoratni bilar edi kim?
Ulug`bek bobom!

O`zbegim, maning elim,
O`zbegim, millatim, maning g`ururim.
Zaminim, elim gohida yanada bepoyon har tomon,
To Samarqandu Buxoro, to Xiva tomon.
Bo`ldim gadoing man-o, bo`ldim gadoing man-o,
Yana bu man kezdim dono dunyoning olamida man eng.
Olamida man eng!

Minnatdorman, shukur qilarim bor kechayu kunduz,
Ota-onamning bergan tarbiyatining
Haqqini ado etib bo`lmas ekan hanuz.
Nechun ular bundayin mehribon?
Borliklari bir ulug` in`om!
Farzandining aybini yashirish va avf etishda bardavom.

Chunki ular, chunki ular ham vaqtida shundayin tarbiyat ko`rgan,
Padari buzruklarimga ota-bobolarimdan yaxshilik,
Go`zal muomula, halim bo`lish va qolaversa,
Kechirimli bo`lish degan omillar meros bo`lib qolgan.
Har bir o`zbekning olgan tarbiyati shu.

Avlodi Temuriy nasl-nasab, mana man bu fidokor,
Atadim umuman olganda borimni.
Hattoki har doim gadoing bo`lsam ham roziman umrbod,
O millatim, O`zbegim, bilaman qadringni.

O`zbegim, maning elim,
O`zbegim, millatim, maning g`ururim.
Zaminim, elim gohida yanada bepoyon har tomon,
To Samarqandu Buxoro, to Xiva tomon.
Bo`ldim gadoing man-o, bo`ldim gadoing man-o,
Yana bu man kezdim dono dunyoning olamida man eng.
Olamida man eng!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]