Shoxrux - O’zing qo`shiq matni
Olamda o`zgarish bor, lekin qalbimda bir hol,
Yurakda bir fasl – qish, har bir ishda malol,
Azali yo`q hamda oxiri ko`rinmas yo`l, lim zulmu zavol,
Istak sari hayotimning tarkibidagi dardu g`am bilan.
Arang qo`zg`alaman manzillaringga,
Yarim qalb o`ksigan ko`ngil bilan intilaman visolingga.
Ko`zlarimning teranligida o`zga sayyora
Unutdim qay zamon qaysi vaqt
Harakatim soddai rasvo bo`lish davogarligida.
Bilamanki na bir taxt, na bir baxt bor maning uchun o`zingsiz,
Yozdim man kuydim ham yuz parchaga bo`lindim,
Butun umr izlaganim uchun ham, nimani ko`rsam ham
Uni o`zing deb bildim.
Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman,
Beor, bedor va beozor so`zlagin, aniq muntazirman,
Man o`zim deb emas, o`zingni deb yashayman.
Har vaqti sahar ko`zdan oqqan tomchilarimni sanab,
Kaftimga tavbalarimni chorlab,
Oqaman suv kabi behol, bir qarab kuydiradigan zar nazaringni tilab.
Hayollarimdan o`tadi ming xil sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisa,
Qalam yozar kunduzu oqshomimdagi nolalarimni, maning misoli qalandar.
Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi bo`lgan bir g`amgin asar,
Negadir eshitilmaysan, bemor holimni so`ragani keldi hamma,
Faqat o`zing kelmading holimni so`rab, nega?
Vaqt o`tar ketar, ko`zlarim bedorligi bo`yi tonglarim otar,
So`zimda bugunda faqat g`amginlik, bo`lsini borida
Borida negizi cheksiz mamnunlik.
Talpinaman yorib ko`pdan ko`pi kamida jami son sanog`i yo`q to`siqlarni,
Topaman deb surdim qo`llarim bilan bulutlarni, topdim faqat yulduzlarni.
Undan ortig`i emas, mayli gardanimga ilinsin olamlar og`irligi,
Man axir roziman jamoling bo`lsin evaz, esim past emas.
Faqat yolg`izlikdan ba`zi tomim ketar, nari borsa holim battar.
Iltimos qilaman, qo`lim tinmay yozgan xatlarimga to`xtamay chorlaganimga,
Or qilmay so`ragan so`rog`imga, rasvoligimdan o`tib nazar sol, nazar sol.
(Nazar sol… nazar sol… nazar sol…)