Shoxrux - Robbana qo`shiq matni

Atrof nega-nega jim-jit, nega bunday jim-jit?
Xuddi badanimda ruhim ega emas, silkit.
Farishtami, jin yoki boshqa bir mahluq
Keladi yonimga kuniga,
Nima ekan uning maqsadi bila olmadim,
Lekin ayon u yolg`iz Ollohga.
A, kimsan deganimda, deydi javoban:
Man jon oluvchi Malak-ul Mavtman.

Bugun gunoh qildim, maqsadiga yetdi la`nati,
Qadam-qadamida vasvasalariga ilindim-u
Osiy gunohkor bo`ldim.
Qalbim qoraydi o`z navbatida ya umuman-a
Negizi isyonkor bo`ldim.
Sabr-toqat qil, dedim, maning jonimni olma,
Yomon amallarimga aytay tazarru, tavba.
Badanim jimirlar, jazo bor albatta,
Yashadim g`aflatda bu yovuz dunyoda.

Nobud bo`ldim ya Robbana, isyon etdim yana,
O`zimga zolim bo`ldim mani kechir.
Ha, kechir ya Robbana, xato qildim yana,
Nafsimga zolim bo`ldim, mani kechir.

Qarab turib ko`rmayman onda-sonda,
Nimanidir ushlab turib, sezmayman onda-sonda.
Xayol joyidamas, yuragim ham yorilay deydi ba`zida hullas,
O`n sakkiz ming olam, jannatu jahannam.
Mana bu mavzu asosan xayolimdan ketmay
Yetkazadi qalbimga azobu, dardu g`am,
Yoki ba`zida malham,
Qayerda bo`lmasam ham, qayerda bo`lsam ham.

Kibr-kibr, kibr-kibr, kibri-kibri-yo,
Nafsimning bugundagi kibrligi ziyo.
De dushman, degin dushman yoki bo`lgin donishmand,
Fahmlagin endi nari-beri, negizi pakdoman.
Taqvoga yaqin bo`lsang, Unga ham yaqinsan,
Yaratganning rahmatiga juda sazovorsan.
Hidoyat ayla, Rabbim, o`zingga muhtojman,
Sandan umidvorman.

Nobud bo`ldim ya Robbana, isyon etdim yana,
O`zimga zolim bo`ldim mani kechir.
Ha, kechir ya Robbana, xato qildim yana,
Nafsimga zolim bo`ldim, mani kechir. (x2)

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Shoxrux - Robbana qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Yodgor Mirzajonov - Devona bo’ldim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:12Скачать
Shohruhxon - Nega qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:02Скачать
Munisa Rizayeva - Man bop qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать
Aziz Rajabiy - Oshiq bo’ldim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:23Скачать
Ummon - Yo`qol qo`shiq matni128 kbps10-10-2016, 22:52Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.