Shoxrux - Xato qo`shiq matni

Madorim yo`q shu bugunda, boru yo`g`u
Mana shu yuragimda “absolyutniy bardak”, vot tak.
Kechagina berilgan bu va`dalaring
Gapirildi “prosto tak”, unutildi darrov.

Yana nima dema, har gal bitta gapingga
Ishonib yashadimku man ahmoq! Sani gaping mana bundoq:
“Keling endi iltimos, mani kechiring,
Endi yaxshi yashaylik”. Yo`q!

Qani endi shu gaplaringda agarda bo`lganida ayni haqiqat,
O`zing yanada o`ylab ko`rgin, ming bora bo`larmidi
Shu darajada xunuk o`rtamizdagi bu oqibat? Kimda kasofat?
Qani o`sha sevgi-muhabbat, qani nafosat?
Bir birimizga nisbatan dillarimizda yashaydi endida faqatgina nafrat.
Bo`ldi yetar ortig`ini gapirmadim,
Qisqasini aytganda, jonim sanga ming rahmat!

Zaboni shirin, ammo
Go`zal visol bevafo,
Dillar gado, holatlar mahzun beparvo,
Ko`zlarda yo`qoldi ma`no, yo`q ma`no, yo`q ma`no.

Xonam uzra ozori jonim mani, sig`mayapman axir o`zimga xonada man,
Yanada holati pora, huzuri osmoni dilim,
Yaxshi yuribsanmi ishqilib, azizim, nadomati dardni solib qalbimga,
Qani endi sani ushanda uchratmaganimda,
Hozirda hamma narsa bo`larmidi o`zgacha?

Yana Xudo biladi, balki bo`lardi battar,
Bu dunyoning hamma yo`llarida to`la havf-xatar.
Mayli, iltimos mani bitta narsaga ishontirgin,
Manga vafodormisan, degan savolimga
Faqatda rost javob ber! O`zim ham bilardim… Peshonangda ter.
Gapir endi mani qaysi kamchiligim uchun qilding hamma tomonlama yer?
RRRrrrrr! Hamma xatolaringni kechirar edim-ku,
Ammo bunisini kechirmasman zinhor.

Zaboni shirin, ammo
Go`zal visol bevafo,
Dillar gado, holatlar mahzun beparvo,
Ko`zlarda yo`qoldi ma`no, yo`q ma`no, yo`q ma`no.

Dir-bidir-bidir, haliyam hozir,
Nima?! Kamchiliging bormi?
Xiyonat qilishdan oldin Xudo bergan kallani ishlatish kerakmasmidi!?
Asabimga tegma, hozir san bilan gaplashgani bilsang umuman holim yo`q.
Yuragimda o`q, man endi telbaman.

Butun borlig`imni yana hamma narsalarimni, nomimni unutganman,
Sani esa qalbimdan o`chirib tashlaganman.
Ket, yo`qol endi, ko`zimga korinma!
Bilaman san zo`rsan, e man kimman? Bilmadim qadrimni.

Telefoningdagi xatlaringni o`qiganimda ado bo`ldim, voy-dod!
Bilasanmi shuni? Ularni kimga yozding? Maqsadingga yetishdingmi?
Oxir-oqibatda bir narsani tushunish ham qiyin bo`ldi, qolmadi ma`no,
Nima bu? Qasdmi yo xato? Qasdmi yo xato?

Yo`q ma`no…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]