Shuhrat Daryo - Ko’ylaklari bilan cho’milgan qizlar qo`shiq matni
Yenglik liboslardan voz kechdi shahar,
Yelkalar yalang`och, yalang, och ko`zlar. (x2)
Olislarda esa suvlar sepishar,
Ko`ylaklari bilan cho`milgan qizlar. (x2)
Shahar qizg`onmaydi xiyobonlarin,
Sun`iy ko`lini-yu qayiqlarini.
Ammo dil qo`msaydi sokin bog`larning
Olmalar oqizgan ariqlarini.
Ammo dil qo`msaydi sokin bog`larning
Olmalar oqizgan ariqlarini.
Shahar ko`p narsani menga o`rgatdi,
Hammasini sanab, aytib bo`lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib bo`lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham…
Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongki, namlidir bu kun ham ko`zlar.
Axir tushimda ham suvlar sepishar,
Ko`ylaklari bilan cho`milgan qizlar.
Axir tushimda ham suvlar sepishar,
Ko`ylaklari bilan cho`milgan qizlar.
Ko`ylaklari bilan cho`milgan qizlar…