Shuhrat Daryo - Menman qo`shiq matni
Qalamman qog’ozni qucha olmagan,
Xatman manziliga yetolmagan hech.
Alamman baxt bo’lib ucha olmagan,
Dardman dardlarini bitolmagan hech.
Oshiqman, ortimga qaytmaslik shahdim,
Qo’shiqman har so’zda sening isming bor.
Qorman, erta kelar bahorlar baxti,
Bahorman, bugungi kurtaklari qor, kurtaklari qor.
Menman seni kuyib sevguvchi hamon,
Senman meni qaytib seva olmagan. (x2)
Seva olmagan…
Qalamman qog’ozni qucha olmagan,
Xatman manziliga yetolmagan hech.
Alamman baxt bo’lib ucha olmagan,
Dardman dardlarini bitolmagan hech.
Mo’lman, kemtiklari to’lsin dunyoning,
Yo’lman oxirini ko’z ilmaguvchi.
So’lman, raqibiman har o’ng tomonning,
Qo’lman tunlar senga baxt tilaguvchi.
Yengman, qismatida na qo’l, na karmon,
Kengman kengliklarda ko’kdan qolmagan.
Menman seni kuyib sevguvchi hamon,
Senman meni qaytib seva olmagan.
Menman seni kuyib sevguvchi hamon,
Senman meni qaytib seva olmagan. (x2)
Seva olmagan…