Shuhrat Qayumov - Bu hayot qo`shiq matni

Cho`qqidan bir kichik tosh yumalasa,
Tog`ni qulatgudek suron qiladi.
Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog`day yuragimni vayron qiladi.

Bu hayot seni menga berdi,
Senga qo`shib, shirin-shirin farzandlar berdi.
Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog`day yuragimni vayron qiladi,
Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.

Agar ko`ksim uzra qulasa birdan,
Tutmoqqa qodirman tog`lar toshini.
Hayhot ko`tarolmam kipriklaringdan,
Uzilgan bir qatra qayg`u yoshini.

Bu hayot seni menga berdi,
Senga qo`shib, shirin-shirin farzandlar berdi.
Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog`day yuragimni vayron qiladi,
Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.

Kel, yulduzlar to`shalgan yo`ldan
Yetaklasin bizni muhabbat.
G`amlaringni chiqar ko`ngildan,
Shod kunlarni eslaylik faqat.

Sayr etaylik, kel birga, erkam,
Rozi ketsin bizdan umrbod.
Shodlik uchun yaralgan olam,
Sevmoq uchun berilgan hayot.

Bu hayot seni menga berdi,
Senga qo`shib, shirin-shirin farzandlar berdi. (x2)
Ko`zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog`day yuragimni vayron qiladi,
Eh, vayron qiladi, vayron qiladi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Shuhrat Qayumov - Bu hayot qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Shahzoda - Rahmat hayot qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:27Скачать
Shahzoda - Faqat sen qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:25Скачать
Ruhshona - Hayot qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:53Скачать
Farrux Xamraev - Jonim bolam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:31Скачать
Farhod va Shirin - Hayot go'zal128 kbps17-06-2015, 17:30Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.