Shuhrat Vohidov - Kelinchak qo`shiq matni

Marjon yosh ko`zlaringdan,
Biz izlaringdan
Kuzatib qolamiz bugun.
Qorday oq libosingda
Bunchalar chiroylisan,
Beg`ubor gullar sen uchun.

Kelinchak, kelinchak,
To`ying bo`lsin muborak,
Dildan baxt tilaymiz senga.
Kelinchak, kelinchak,
Eng go`zal orzu-istak,
Yor uyida qolgin bir umrga.

Bolalik o`tgan manzil,
Go`yo bo`lib begona
Sog`inib qoladi seni.
Ota-onang boshingda
Bo`lgan kabi parvona,
O`zga uy kutmoqda seni.

Kelinchak, kelinchak,
To`ying bo`lsin muborak,
Dildan baxt tilaymiz senga.
Kelinchak, kelinchak,
Eng go`zal orzu-istak,
Yor uyida qolgin bir umrga.

Nurga to`lsin hayoting,
Orzularingga yetgin,
Quvonching bo`lsin ziyoda.
Mehr-muhabbat bilan
Obod bo`lsin oilang,
Baxtli-taxtli bo`l dunyoda.

Kelinchak, kelinchak,
To`ying bo`lsin muborak,
Dildan baxt tilaymiz senga.
Kelinchak, kelinchak,
Eng go`zal orzu-istak,
Yor uyida qolgin bir umrga.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]