Sobirjon Mo`minov - Ikki dil qo`shiq matni

Ikki dilni bog`lab turgan
Sevgi ipi uzildi,
Men sevgan yor o`zga uyda
Kelin bo`lib suzildi.

Zavq-shavqim aylandi
Iztirobu alamga,
Kiprigimdan alvon rangli
Marjon bo`lib tizildi.

Hayotimdan qochdi ma`no,
Ma`yus ko`zlardan uyqu,
Oyoq osti bo`lgan gulday
Yurak-bag`rim ezildi.

Eng birinchi va so`nggi
Muhabbatim edi u,
Qiynoqlaring so`ngsiz ekan,
Umrim bo`yi cho`zildi.

Ikki dilni bog`lab turgan
Sevgi ipi uzildi,
Men sevgan yor o`zga uyda
Kelin bo`lib suzildi.

Biror soat unutmakning
Ilojini topmadim,
Yor vaslidan ayru hayot
Armonligi sezildi.

Hamon shu ishq olovida
Yonish bilmas xalovat,
Tanho uning yodi bilan
G`azallarim yozildi.

Ikki dilni bog`lab turgan
Sevgi ipi uzildi,
Men sevgan yor o`zga uyda
Kelin bo`lib suzildi.

Zavq-shavqim aylandi
Iztirobu alamga,
Men sevgan yor o`zga uyda
Kelin bo`lib suzildi.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]