Sobirjon Mo`minov - Shukurlar qilaylik qo`shiq matni
Erkin-ozod bo`lganimizga,
Yaxshi kunlar ko`rganimizga,
Sog`-salomat yurganimizga-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Nurli bo`ldi borar yo`limiz,
Baxtga to`ldi o`ngu-so`limiz,
Duolarga ochib qo`limiz-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Zamonimiz tinch, xurram bugun,
Yurtimizda to`y, bayram bugun,
Ketmas davlat, rizqimiz uchun-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Go`zal shahar, qishloqlarimiz,
Misli Jannat gulbog`larimiz,
Kezib dala, chorbog`larimiz-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Osmono`par binolarimiz,
Tinch-osuda samolarimiz,
Boshdan ketmas xumolarimiz-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Avlodlarimiz barkamoldir,
Har ishimizda Tangri yordir,
Bundayin diyor qayda bordir-ey,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Kimlar baxtni orzu etmagan,
Kimlar yetib, kimlar yetmagan,
Bizni esa baxt yetaklagan,
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Shirmoy nonu qaymog`imizga,
Tiniq suvu bulog`imizga,
Oltinga teng tuprog`imizga
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Ko`z tegmasin karvonimizga,
Nurga to`lgan makonimizga,
Oqil, dono sarbonimizga-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
Oqil, dono sarbonimizga-ey
Shukurlar qilaylik, shukurlar.
(Shukurlar qilaylik, shukurlar)