Soundtrack - Go’zal Toshkentim qo`shiq matni

Tongning yeli olib keldi soyingga,
Gullar hidi gurkiragan joyingga,
Yuzim chaydim chiroyingga, oyingga,
Go’zal Toshkent, quloq sol mehmoningga-yo,
Janon yorlarim, dilbar jonlarim.

Sevgimizni yo’rgaklading, shod etding,
Lekin qani, qayga uni berkitding?

Jo-o-n, qanday go’zal, qanday saxiy bog’ing bor,
Sevging bilan bamisoli lolazor,
Jo-o-n, sening bilan oshiqlar ham baxtiyor,
Go’zal Toshkent, qulog’ingga gapim bor-a,
Janon yorlarim, dilbar jonlarim.

Sevgimizni yo’rgaklading, shod etding,
Lekin qani, qayga uni berkitding?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]