Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Soundtrack - Kel qalbimning otashi, go’zal qo`shiq matni

Soundtrack - Kel qalbimning otashi, go’zal qo`shiq matni

Kel, qalbimning otashi, go’zal,
Senga tomon cho’mdi xayolim. (x2)
Qaydasan, ey so’zlari g’azal,
Gul shoxida qoldi ro’molim. (x2)

Beri kelgin, yorginam,
Muhabbatim, borginam,
Mening muhabbatim, borginam. (x2)

Mayli, jonim, shalola bo’lay,
Mavjlanay butun umrga.
Mayli, jonim, muhabbat bilan
Keng dunyoni to’ldiray nurga.

Mayli, jonim, muhabbat bilan
Keng dunyoni to’ldiray nurga. (x2)

Yolg’izginam, yorginam,
Mening vafodorginam,
Bu dunyoda o’zing borginam. (x2)

Kel, qalbimning otashi, go’zal,
Senga tomon cho’mdi xayolim. (x2)
Qaydasan, ey so’zlari g’azal,
Gul shoxida qoldi ro’molim. (x2)

Beri kelgin, yorginam,
Muhabbatim, borginam,
Mani muhabbatim, borginam. (x2)

Bu dunyoda o’zing yorginam,
Bu dunyoda o’zing borginam.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]