Sur`at Islomov - Armonim qo`shiq matni
(Xohlar edim sevish, lekin buncha qiynalish,
Bu tuyg`ular edi menga butkul notanish.)
Atrofimni o`rab olsa-da baxt,
Dunyolar-u bersa taxt,
Kerak emas menga sensiz,
Yuragimdagi tuyg`ularim cheksiz.
Senga bo`lgan muhabbatim
Hamrohimdir to abadim,
Bundan ortiq yo`qdur baxtim,
Lekin, jonim, ushalmas orzusan.
Yuragimga noming azaldan,
Go`yoki o`yib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yo`gim, hayotim bag`ishlangan.
Sevgim bo`lsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
O`zing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Sendan umid qilishimning o`zi
Bo`lar tentakligim so`zi,
Lekin, netay qalbim ko`zi
Sendan o`zgani ko`rmas aslo.
Yo`q, bo`lsin doim ko`ngling to`q,
Qalbim teshib o`tsa-da o`q,
Seni bezovta qilgim yo`q,
Bilarman, jonim ushalmas orzu.
Yuragimga noming azaldan,
Go`yoki o`yib yozilgandir senga atalgan,
Bor-u yo`gim, hayotim bag`ishlangan.
Sevgim bo`lsa ham chindan,
Umid qila olmayman sendan,
Men tubdaman, sen esa yuksaklardasan.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
O`zing armonim,
Hayolim faqat sen ila band.
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Samolarda balkim bo`larmiz birga,
Jannat bog`larin kezarmiz birga,
Lekin, bu dunyoda seni baxtli ko`rsam bas,
Men uchun shu baxt demak, bundan ortiq kerakmas.
Men seni uchratdim, unutdim
Hayotdagi orzu-umidim,
O`zing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Men seni uchratdim, unutdim (unutdim),
Hayotdagi orzu-umidim (orzu-umidim),
O`zing armonim.
Hayolim faqat sen ila band,
Orzuyimda birgamiz abad,
Shirin armonim.
Shirin armonim.